«bekor qilish» tegli maqolalar


Misr barcha karantin talablarini bekor qildi
17 iyun 2022, 16:54

Misr barcha karantin talablarini bekor qildi

Mirs mamlakatga kirish uchun manfiy PZR-test ma’lumotnomasi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat mavjudligi haqidagi talabni bekor qildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi
25 mart 2022, 09:48

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi

Prezident qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmasligini ko‘zda tutgan farmonni imzoladi. Shuningdek, 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan migrantlarga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda alohida ustuvorlik beriladi.

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi
23 fevral 2022, 20:52

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi

Chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 1 martdan e’tiboran O‘zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi. «Chunki mana viloyatlarda ham defakto hech kim niqob taqmay qo‘ydi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Qolaversa, jamoat transporti, bozorlar, ta’lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining Yaponiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi
7 yanvar 2022, 17:30

O‘zbekiston terma jamoasining Yaponiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

21 yanvar O‘zbekiston va Yaponiya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga Yaponiyada karantin choralari kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. O‘FA ayni shu kuni boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida ish olib bormoqda.

1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi
4 yanvar 2022, 14:43

1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, 1 yanvardan boshlab avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi. Hozirga qadar yangi avtomobil xarid qilinganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi
13 dekabr 2021, 09:48

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi mumkin
15 noyabr 2021, 19:40

1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi mumkin

Qonunchilik palatasiga kiritilgan Davlat budjeti loyihasiga muvofiq, 2022 yildan e’tiboran avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinadi. Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji ham yagona miqdorda — BHMning 3 baravari etib belgilanishi kutilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi karantin cheklovlari bekor qilinganini rad etdi
12 iyul 2021, 20:42

Sog‘liqni saqlash vazirligi karantin cheklovlari bekor qilinganini rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan karantin cheklovlari bekor qilingani haqidagi xabarlar haqiqatga zid, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar ma’lum muddatga emas, balki epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar joriy etilgan.

2021 yil 1 yanvardan qator litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi
24 avgust 2020, 21:40

2021 yil 1 yanvardan qator litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Vakolatli organlarga litsenziya berishda ayrim harakatlarni amalga oshirish taqiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting